Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish:
Bardam sizning ma'lumotlaringizni hurmat qiladi. Quyida qanday ma'lumot saqlanishi va u bilan nima qilinishi oddiy tilda yozilgan.
Qanday ma'lumot saqlanadi
Siz kiritgan ovqatlar va kaloriyalar, mashg'ulotlar (mashqlar, og'irlik, takrorlar), vazningiz, profil (ism, jins, tug'ilgan yil, bo'y, maqsad) va ilova sozlamalari (til, rejim). Apple yoki Google orqali kirsangiz, o'sha hisobdagi email va ismingiz. Ruxsat bersangiz, Apple Health yoki Health Connect'dan qadamlar, puls, HRV, uyqu, qondagi kislorod, nafas, teri harorati, vazn, yog' foizi, masofa, energiya va zinapoyalar.
Qayerda saqlanadi
Hisob ochmasangiz, hamma ma'lumot faqat telefoningizda turadi. Apple yoki Google orqali hisob ochsangiz, profil, maqsadlar, ovqat jurnali, o'zingiz qo'shgan taom va mashqlar, mashg'ulotlar va qo'lda kiritgan vazningiz Germaniyadagi (Frankfurt) serverimizda saqlanadi. Telefon va server orasidagi aloqa shifrlangan (HTTPS). Ma'lumotlaringiz hech qachon sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
Shtrix-kod skaneri
Mahsulotni shtrix-kod bo'yicha qidirganingizda Open Food Facts ochiq bazasiga faqat shtrix-kod raqami yuboriladi. Sizning ismingiz yoki boshqa ma'lumotingiz yuborilmaydi.
Health ma'lumotlari
Apple Health va Health Connect ma'lumotlari telefoningizdan chiqmaydi: ular faqat ilova ichida ko'rsatish va baholarni hisoblash uchun ishlatiladi, serverimizga yuborilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va hech kimga berilmaydi. Ruxsat bersangiz, yakunlangan mashg'ulotlar Health'ga yoziladi.
Xizmat ko'rsatuvchilar
Faqat ilova ishlashi uchun kerak bo'lgan xizmatlar: Google va Apple (hisobga kirish: email va ism), RevenueCat (Pro obunani tekshirish: hisob identifikatori va xaridlar tarixi, karta ma'lumotlari emas), Google Play va App Store (to'lovlar), Open Food Facts (shtrix-kod bo'yicha qidirish: faqat shtrix-kod raqami). Ilovada reklama, analitika va kuzatuv xizmatlari yo'q.
Qancha vaqt saqlanadi
Serverdagi ma'lumotlar hisobingiz bor ekan saqlanadi. Hisobni o'chirsangiz, ular serverdan darhol o'chiriladi, zaxira nusxalaridan esa 14 kun ichida yo'qoladi.
Ma'lumotlarni o'chirish
Alohida yozuvlarni ilovaning o'zida o'chirishingiz mumkin. Hisobni o'chirish: Profil → Hisob va zaxira → Hisobni o'chirish. Bunda hisobingiz, serverdagi va telefondagi hamma ma'lumot darhol o'chiriladi. Ilovasiz o'chirish uchun support@bardam.uz manziliga hisobingiz emailidan xat yozing. Health ruxsatini telefon sozlamalarida olib tashlash mumkin.
Aloqa
Savol yoki so'rov bo'lsa, yozing: support@bardam.uz