Hisobni o'chirish
Oxirgi yangilanish:
Bardam hisobingizni va unga bog'liq hamma ma'lumotni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
Ilovaning o'zida
- Bardam ilovasini oching.
- Profil → Hisob va zaxira bo'limiga kiring.
- «Hisobni o'chirish» tugmasini bosing va tasdiqlang.
Ilovasiz
Ilova o'chirilgan yoki telefoningiz yo'q bo'lsa, support@bardam.uz manziliga hisobingizga ulangan emaildan «Hisobni o'chirish» mavzusida xat yozing. Hisob sizniki ekanini tekshirgach, uni o'chiramiz va javob yozamiz.
Nima o'chiriladi
- Hisob: Apple yoki Google bilan bog'lanish, email va ism.
- Profil va kunlik maqsadlar.
- Ovqat jurnali va o'zingiz qo'shgan taomlar.
- Mashg'ulotlar, to'plamlar, dasturlar va o'zingiz qo'shgan mashqlar.
- Vazn yozuvlari.
- Ilovada o'chirsangiz, telefondagi ma'lumotlar ham.
Qancha vaqtda
Serverdan darhol o'chiriladi. Zaxira nusxalaridan 14 kun ichida o'zi yo'qoladi. Bundan keyin hech narsa saqlanmaydi.
Nima o'chirilmaydi
- Pro obuna o'zi bekor bo'lmaydi: uni Google Play → Obunalar (yoki App Store) bo'limida bekor qiling.
- Xaridlar tarixi Google Play, App Store va RevenueCat'da ularning qoidalari bo'yicha saqlanadi.
- Apple Health va Health Connect'dagi ma'lumotlar: ular telefoningizda, ularni o'sha ilovalarda boshqarasiz.